DSC07926

GLOBAL TA’LIM INTEGRATSIYASI: ISFT DELEGATSIYASI “MARKAZIY OSIYO – YEVROPA ITTIFOQI” UNIVERSITETLARI KONGRESSIDA

Samarqand shahrida oliy ta’lim sohasidagi muhim tarixiy voqealardan biri — “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi universitetlari kongressi” bo‘lib o‘tmoqda. Mazkur nufuzli xalqaro anjumanda ISFT instituti delegatsiyasi ham faol ishtirok etmoqda.

Kongressda Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlardan vazirlar, xalqaro tashkilotlar vakillari hamda 300 dan ortiq oliy ta’lim muassasalari rahbarlari jam bo‘ldi. Xususan, Yevropaning 45 ta yetakchi universiteti hamda mintaqamizning eng nufuzli oliygohlari vakillari o‘zaro tajriba almashmoqda.

Kongressning ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov, Yevropa Ittifoqining elchisi Toyvo Klaar hamda Polsha va Tojikiston ta’lim vazirlari so‘zga chiqib, ta’lim sohasidagi hamkorlikni strategik darajaga ko‘tarish bo‘yicha muhim tashabbuslarni ilgari surdilar.

Mazkur xalqaro platformada ISFT instituti nomidan Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i A. Alisherov ishtirok etmoqda.

Kongress doirasida ISFT delegatsiyasi quyidagi yo‘nalishlarda muzokaralar olib bormoqda:
— Polsha, Germaniya va boshqa Yevropa Ittifoqi davlatlari oliygohlari bilan akademik almashinuv dasturlarini kengaytirish;
— Talabalar uchun Yevropa standartlari asosida zamonaviy o‘quv metodikalarini joriy etish;
— Xalqaro ilmiy loyihalar va grantlarda ISFT professor-o‘qituvchilarining faol ishtirokini ta’minlash.

ISFT institutining bunday global miqyosdagi anjumanlarda ishtirok etishi uning xalqaro ta’lim makonidagi nufuzi tobora ortib borayotganidan dalolat beradi.

ISFT Instituti — dunyo bilan birga, kelajak sari!

14

Aprel2026

Do'stlar bilan ulashish:

So'ngi yangiliklar

ISFT va Technical University of Varna: Yevropa sari yangi akademik ko‘prik

05

Iyun2026
ISFT Samarqand filialining “Malades bolalar” jamoasi Afandi Superligasi–2026 chempioni bo‘ldi

24

May2026
ISFT Samarqand filialida xalqaro startap seminari bo‘lib o‘tdi

14

May2026
“Nomingiz dillarda mangu yashaydi”: ISFT Samarqand filialida avlodlar uchrashuvi

11

May2026
“Nomingiz dillarda mangu yashaydi” — Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan tadbir | ISFT Samarqand filiali

08

May2026
1