
15 DAN ORTIQ DAVLAT, BIR ILMIY MAYDON: ISFTDA XALQARO KONFERENSIYA
2026-yil 30-oktabr kuni ISFT instituti Samarqand filialida “Oliy ta’limda muayyan maqsadga qaratilgan ingliz tilini o‘qitishning dolzarb masalalari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Bugungi kunda ingliz tilini o‘qitish faqat til qoidalarini o‘rgatish bilan cheklanmaydi. Zamonaviy ta’lim jarayoni kasbiy muloqot ko‘nikmalarini shakllantirish, raqamli savodxonlikni rivojlantirish hamda sun’iy intellekt imkoniyatlaridan samarali foydalanishni ham talab etmoqda.
Xalqaro konferensiyada 15 dan ortiq davlat vakillari ishtirok etdi. Jumladan, AQSh, Xitoy, Eron, Turkiya, Misr, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Hindiston va boshqa mamlakatlardan tashrif buyurgan olimlar, mutaxassislar hamda talabalar ingliz tilini o‘qitishning bugungi holati va istiqbollarini muhokama qildilar.
Anjuman davomida ingliz tilini kasbiy maqsadlarda o‘qitish, ta’lim jarayonida sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalardan foydalanish, zamonaviy pedagogik yondashuvlarni joriy etish hamda o‘qituvchilarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Konferensiya xalqaro ilmiy tajriba almashish, yangi g‘oyalarni ilgari surish va oliy ta’lim sohasidagi hamkorlik aloqalarini mustahkamlash uchun muhim ilmiy muloqot maydoniga aylandi.
ISFT Samarqand filialida xalqaro ilmiy hamkorlikni rivojlantirish, zamonaviy ta’lim yondashuvlarini ommalashtirish va ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan tashabbuslar izchil davom etmoqda.
30

Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya – Tarmoqlararo integratsiya va barqaror iqtisodiy o‘sish






