
Yoshlar — sog‘lom kelajak tarafdori
Yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, zararli odatlarning oldini olish va bu borada to‘g‘ri tushunchalarni shakllantirish bugungi kunning muhim vazifalaridan biridir.
Shu yo‘nalishdagi ishlarni yanada kuchaytirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi PF-207-son Farmoni ijrosi doirasida Yoshlar ishlari agentligi tomonidan 24-sentabr kuni “Antinarko yoshlar front ofislari” va “Yosh targ‘ibotchi guruhlari” a’zolari uchun onlayn o‘quv-seminari tashkil etildi.
Mazkur seminarda OTM Yoshlar yetakchilari hamda faol talabalardan iborat “Yosh targ‘ibotchilar guruhlari” a’zolari ham faol ishtirok etdi.
Seminar davomida yoshlar bilan ishlash, zararli odatlarning oldini olish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda tengdoshlar orasida ushbu yo‘nalishdagi targ‘ibot ishlarini samarali tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Bunday o‘quv-seminarlarning ahamiyati shundaki, yoshlar nafaqat mavjud muammolar haqida ma’lumot oladi, balki ularning oldini olish, tengdoshlari orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va ijtimoiy faolligini oshirish uchun zarur bilim va tajribaga ega bo‘ladi.
ISFT Samarqand filialida ham yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va ularni foydali tashabbuslarga jalb etishga qaratilgan tadbirlar muhim yo‘nalishlardan biri hisoblanadi.
Sog‘lom kelajak — ongli tanlov, faol pozitsiya va jamiyatdagi jarayonlarga befarq bo‘lmaslikdan boshlanadi.