IMG-20261012-WA0054 (2)
1 / 4

ISFT talabalari uchun Janubiy Koreyada tahsil olish imkoniyatlari kengaymoqda

ISFT Instituti xalqaro akademik hamkorlik aloqalarini kengaytirish va talabalar uchun yangi ta’lim imkoniyatlarini yaratish yo‘lida izchil ish olib bormoqda. Institut delegatsiyasining Janubiy Koreyaga xizmat safari doirasida navbatdagi muhim uchrashuv Woosuk University rahbariyati hamda fakultet vakillari bilan bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv yakunida ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida Hamkorlik memorandumi (MoU) va Talabalar almashinuvi to‘g‘risidagi kelishuv (SEA) imzolandi. Mazkur hujjatlar akademik aloqalarni mustahkamlash, talabalar almashinuvini rivojlantirish va yangi xalqaro ta’lim imkoniyatlarini yaratishga xizmat qiladi.
ISFT talabalari uchun yangi xalqaro imkoniyatlar
Imzolangan kelishuvlar doirasida ISFT talabalari Woosuk University’da tahsil olish, xalqaro akademik tajriba orttirish hamda xorijiy ta’lim muhitida o‘z bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Muzokaralar davomida quyidagi hamkorlik yo‘nalishlari ham muhokama qilindi:
qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish;
professor-o‘qituvchilar va fakultetlar o‘rtasidagi akademik hamkorlikni rivojlantirish;
qo‘shma ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish;
xalqaro konferensiya va ilmiy seminarlar tashkil etish;
talabalar uchun xalqaro akademik almashinuv imkoniyatlarini kengaytirish.
ISFT va Woosuk University o‘rtasidagi mazkur hamkorlik ISFT Samarqand filiali talabalari uchun xalqaro ta’lim tajribasini egallash, akademik salohiyatini oshirish va kelajakdagi kasbiy faoliyatida yangi imkoniyatlarga ega bo‘lish yo‘lida muhim qadamdir.
ISFT Samarqand filiali — xalqaro hamkorlik va zamonaviy ta’lim imkoniyatlari sari!

29

Oktabr2026

Do'stlar bilan ulashish:

So'ngi yangiliklar

ISFT talabalari uchun Janubiy Koreyada tahsil olish imkoniyatlari kengaymoqda

29

Oktabr2026
ISFT va Jeonbuk National University: xalqaro hamkorlikning yangi bosqichi

26

Oktabr2026
ISFT Samarqand filiali va IIT Bombay: xalqaro hamkorlikning yangi sahifasi

03

Oktabr2026
Yoshlar — sog‘lom kelajak tarafdori

25

Sentabr2026
ISFT Samarqand filiali va Busan Women’s University — xalqaro hamkorlik sari yangi qadam

18

Sentabr2026
1