Faoliyat
ISFT instituti faoliyatini ko'rishingiz mumkin

15 DAN ORTIQ DAVLAT, BIR ILMIY MAYDON: ISFTDA XALQARO KONFERENSIYA
2026-yil 30-oktabr kuni ISFT instituti Samarqand filialida “Oliy ta’limda muayyan maqsadga qaratilgan ingliz tilini o‘qitishning dolzarb masalalari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Bugungi kunda ingliz tilini o‘qitish faqat til qoidalarini o‘rgatish bilan cheklanmaydi. Zamonaviy ta’lim jarayoni kasbiy muloqot ko‘nikmalarini shakllantirish, raqamli savodxonlikni rivojlantirish hamda sun’iy intellekt imkoniyatlaridan samarali foydalanishni ham talab etmoqda.
Xalqaro konferensiyada 15 dan ortiq davlat vakillari ishtirok etdi. Jumladan, AQSh, Xitoy, Eron, Turkiya, Misr, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Hindiston va boshqa mamlakatlardan tashrif buyurgan olimlar, mutaxassislar hamda talabalar ingliz tilini o‘qitishning bugungi holati va istiqbollarini muhokama qildilar.
Anjuman davomida ingliz tilini kasbiy maqsadlarda o‘qitish, ta’lim jarayonida sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalardan foydalanish, zamonaviy pedagogik yondashuvlarni joriy etish hamda o‘qituvchilarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Konferensiya xalqaro ilmiy tajriba almashish, yangi g‘oyalarni ilgari surish va oliy ta’lim sohasidagi hamkorlik aloqalarini mustahkamlash uchun muhim ilmiy muloqot maydoniga aylandi.
ISFT Samarqand filialida xalqaro ilmiy hamkorlikni rivojlantirish, zamonaviy ta’lim yondashuvlarini ommalashtirish va ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan tashabbuslar izchil davom etmoqda.
30
Ilmiy jurnal
Choraklik elektron shaklda nashr etiladigan ilmiy-uslubiy jurnal biznes, menejment va pedagogika sohasidagi yutuqlar va muammolarga oid ilmiy maqolalar va tezislarni, shuningdek tadqiqot o'tkazish bo'yicha tavsiyalar va me'yoriy hujjatlarga sharhlarni o'z ichiga oladi.
Ilmiy tadqiqot
ISFT ilmiy tadqiqotlar markazi
Tadqiqotlar
Barchasini ko'rishYusupova Gulizebo Yangiboyrvns
International school of finance technology and science instituti ingliz tili o‘qituvchisi
Maxkamova Munisaxon Abdumannopovna
International school of finance technology and science instituti ingliz tili o'qituvchisi
Azizov Shohsuvor Yuldashevich
International school of finance technology and science instituti aniq fanlar kafedrasi dotsenti v.b., i.f.b.f.doktori (PhD)
Konferensiyalar
Barchasini ko'rishO'quv faoliyati
Institutimizning o'quv rejalari va o'quv grafigini ko'rishingiz mumkin
O'quv rejalari
O'quv grafigi
Xalqaro faoliyat
Xalqaro aloqalar bo'limi
Xalqaro aloqalar bo'limi - bu "International School of Finance Technology and Science" (ISFT) institutining tarkibiy bo'linmasi. Bo'lim o'z faoliyatini O'zbekiston Respublikasining qonunlari asosida amalga oshiradi.
Xalqaro aloqalar bо‘limi institutning xorijiy oliy ta’lim muassasalari, ilmiy tadqiqot markazlari va malaka oshirish institutlari bilan hamkorlikni yо‘lga qо‘yish, eng sо‘nggi о‘quv va ilmiy tajribalarni о‘rganish va ularni ta’limga tadbiq etish, talaba va professor-о‘qituvchilarni dunyoning nufuzli ta’lim muassasalarida tajriba orttirib qaytishi kabi tashkiliy ishlarni muvofiqlashtiruvchi va boshqaruvchi bо‘limdir.
BO'LIM MAQSADLARI
- ISFT ni mahalliy reytingdan tashqari, xalqaro reytinglarda yuqori o’ringa ega bo’lishni ta’minlash
- Xorijiy universitetlar, muassasalar, tashkilotlar va fondlar bilan xalqaro ilmiy loyihalar, dasturlar, shartnomalar, grantlar va hamkorlikni kengaytirish va ISFT Institutini nomini xalqaro miqyosda tan olingan holda, innovatsion ilmiy-o'quv muassaga aylantirish
- Xalqaro standartlarga javob beradigan professor-uqituvchilarni jalb qilish va ISFT ustolarini hamkorlikdagi nufuzli oliy ta’lim muassasida malaka oshirishga yuborish, tajriba almashinish.
Ijtimoiy faoliyat
ISFT Samarqand filiali Faollar klubi
Barchasini ko'rishISFT Samarqand filiali Faollar klubi – bu tashabbuskor va faol talabalar uchun maxsus platforma bo‘lib, institut hayotini rivojlantirish, jamoat ishlarida faol ishtirok etish hamda shaxsiy va professional rivojlanish imkoniyatlarini taqdim etadi.
ISFT Samarqand filiali Faollar klubi a’zolari quyidagi faoliyatlarda ishtirok etadilar:
- Institut tadbirlarini tashkil qilish va o‘tkazish: bayramlar, konsertlar, konferensiyalar va sport musobaqalarini tashkil etishda ishtirok etadilar.
- Loyihalar va ijtimoiy tashabbuslar: ijtimoiy, madaniy va ekologik loyihalarda qatnashib, jamiyat rivojiga hissa qo‘shadilar.
- Liderlik va shaxsiy rivojlanish treninglari: kelajakda yetakchi bo‘lish uchun maxsus trening va seminarlar o‘tkaziladi.
- Networking va muloqot: talabalar o‘rtasida do‘stlikni rivojlantirish, bilim va tajriba almashish imkonini yaratadi.
ISFT Samarqand filiali Faollar klubi institutning eng faol talabalariga ochiq bo‘lib, a’zolik tanlov asosida amalga oshiriladi. Klubda ishtirok etish talabalar uchun rahbarlik ko‘nikmalarini rivojlantirish va kelajakdagi muvaffaqiyat uchun mustahkam poydevor yaratadi.


