IMG_4460
1 / 4

ISFT Samarqand filiali va Busan Women’s University — xalqaro hamkorlik sari yangi qadam

ISFT Instituti va Janubiy Koreyaning Busan Women’s University vakillari o‘rtasida xalqaro akademik hamkorlik istiqbollariga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida ISFT Samarqand filiali va Busan Women’s University o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish, talabalar hamda professor-o‘qituvchilar almashinuvini yo‘lga qo‘yish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Muloqot jarayonida tomonlar o‘zaro tajriba almashish, akademik hamkorlik ko‘lamini kengaytirish hamda talabalar uchun yangi xalqaro ta’lim imkoniyatlarini yaratishga qaratilgan istiqbolli yo‘nalishlarni ko‘rib chiqdilar.
Shuningdek, kelgusida ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlash, hamkorlikning yangi shakllarini rivojlantirish va xalqaro akademik loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha fikr almashildi.
ISFT Samarqand filiali — xalqaro hamkorlik, zamonaviy ta’lim va yangi imkoniyatlar sari.

18

Sentabr2026

Do'stlar bilan ulashish:

So'ngi yangiliklar

ISFT talabalari uchun Janubiy Koreyada tahsil olish imkoniyatlari kengaymoqda

29

Oktabr2026
ISFT va Jeonbuk National University: xalqaro hamkorlikning yangi bosqichi

26

Oktabr2026
ISFT Samarqand filiali va IIT Bombay: xalqaro hamkorlikning yangi sahifasi

03

Oktabr2026
Yoshlar — sog‘lom kelajak tarafdori

25

Sentabr2026
ISFT Samarqand filiali va Busan Women’s University — xalqaro hamkorlik sari yangi qadam

18

Sentabr2026
1