photo_2026-01-19_12-27-45

SAMARQAND VA GDANSK: TA’LIMDAGI YANGI KO‘PRIK

ISFT instituti delegatsiyasi Polsha safaridan salmoqli natijalar va Yevropa bilan hamkorlik shartnomalari bilan qaytdi

Zamonaviy dunyoda ta’lim chegaralarni bilmaydi. O‘zbekiston oliy ta’lim tizimini xalqaro standartlarga integratsiya qilish, yoshlarga jahon darajasidagi bilimlarni berish bugungi kunning bosh talabidir. Ana shunday ezgu maqsadni ko‘zlagan institutimiz delegatsiyasi Polshaga uyushtirilgan rasmiy xizmat safarini muvaffaqiyatli yakunlab, Samarqandga qaytdi.

Mazkur tashrif shunchaki tanishuv xarakterida emas, balki ikki davlat oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida mustahkam aloqalarni o‘rnatishga qaratilgan amaliy missiya bo‘ldi.

Joriy yilning 9-yanvar kuni ISFT instituti Samarqand filiali delegatsiyasi Polshaning Gdansk shahrida joylashgan, ko‘p asrlik tarixga va yuksak akademik nufuzga ega University of Gdańsk (Gdansk davlat universiteti)da mehmon bo‘ldi. Universitetning Huquq va boshqaruv fakultetida bo‘lib o‘tgan oliy darajadagi uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlikning strategik yo‘nalishlari muhokama qilindi.

Muzokaralar jarayoni konstruktiv ruhda, ochiqlik va o‘zaro ishonch tamoyillari asosida kechdi. Unda ISFT instituti Samarqand filiali direktori Abdumalik Soliev boshchiligidagi delegatsiya a’zolari — direktor o‘rinbosarlari Zokir Musinov, Zafar Madraimov hamda Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Azizbek Alisherov ishtirok etdilar. Mezbonlar tomonidan esa fakultet dekan o‘rinbosari, professor Marcin M. Wiszowaty hamda xalqaro aloqalar bo‘yicha mas’ul professor Edvardas Juchnevičius qatnashdi.

Delegatsiya safar davomida erishgan kelishuvlar O‘zbekiston yoshlari uchun Yevropa ta’limi eshiklarini keng ochib bermoqda, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Xususan:

— Erishilgan kelishuvga binoan, 2026-yilning mart oyidanoq ISFT institutining bir guruh iqtidorli talabalari Gdansk universitetida tahsil olishni boshlaydilar. Bu talabalarimiz uchun Yevropa huquq va boshqaruv maktabini bevosita o‘rganish imkoniyatidir.

— Tomonlar qo‘shma ta’lim dasturlarini ishlab chiqish va kelajakda bitiruvchilarga ikki tomonlama diplom (Double Degree) berish tizimini joriy etish bo‘yicha hamfikrlikka erishdilar.

— Ilmiy integratsiya: professor-o‘qituvchilar almashinuvi, hamkorlikda xalqaro konferensiyalar va ilmiy seminarlar tashkil etish rejalashtirilmoqda.

University of Gdańsk vakillari O‘zbekiston delegatsiyasini qabul qilar ekan, mamlakatimizdagi ta’lim islohotlarini yuqori baholab, ISFT instituti bilan uzoq muddatli sheriklikka tayyor ekanliklarini bildirdilar.

19

Yanvar2026

Do'stlar bilan ulashish:

So'ngi yangiliklar

MOLIYAVIY STRATEGIYALAR VA KREDIT MEXANIZMLARI: SIUT PROFESSORI ISFT INSTITUTIDA SEMINAR O‘TKAZDI

30

Aprel2026
ISFT INSTITUTIDA “TEMUR TUZUKLARI”GA BAG‘ISHLANGAN “ZAKOVAT” INTELLEKTUAL TURNIRI BO‘LIB O‘TDI

30

Aprel2026
ISFT Instituti va AQShning Illinoys Texnologiya instituti o‘rtasida strategik hamkorlik o‘rnatildi

30

Aprel2026
ISFTda “Amir Temur vorislari” sport turniri yakunlandi

28

Aprel2026
ISFT institutida rus tili tarixi bo‘yicha ochiq dars tashkil etildi

27

Aprel2026
1