1.jpg
1 / 5

Nazariyadan — real muhitga!

Bugun Axborot tizimlari va texnologiyalari hamda Axborot xavfsizligi yo‘nalishlarida tahsil olayotgan ISFT Samarqand filiali talabalari uchun yangi tajriba va amaliy bilimlarga boy kun bo‘ldi.

Talabalar School 21da tashkil etilgan IT Navigator tadbirida ishtirok etib, zamonaviy IT yo‘nalishlari, raqamli texnologiyalar, talab yuqori bo‘lgan kasblar va kelajakdagi karyera imkoniyatlari haqida soha mutaxassislaridan bevosita ma’lumot oldilar.
Tadbir davomida ISFTda mavjud 15 ta ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha mutaxassislar o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashib, har bir yo‘nalishdagi zamonaviy kasblar, rivojlanish imkoniyatlari va professional faoliyat istiqbollari haqida ma’lumot berdilar.
Tadbirning muhim jihati shundaki, talabalar o‘zlari tanlagan kasb va soha haqida faqat auditoriyada emas, balki real professional muhitda tasavvurga ega bo‘ldilar.
Bugungi uchrashuv — shunchaki bir kunlik tadbir emas. Bu talabalar uchun yangi bilim, kasbiy yo‘nalish, yangi g‘oyalar va kelajakdagi katta maqsadlar sari qo‘yilgan navbatdagi qadamdir.
ISFT Samarqand filiali — zamonaviy ta’lim, amaliy tajriba va kelajak kasblari sari imkoniyatlar.

18

Sentabr2026

Do'stlar bilan ulashish:

So'ngi yangiliklar

ISFT talabalari uchun Janubiy Koreyada tahsil olish imkoniyatlari kengaymoqda

29

Oktabr2026
ISFT va Jeonbuk National University: xalqaro hamkorlikning yangi bosqichi

26

Oktabr2026
ISFT Samarqand filiali va IIT Bombay: xalqaro hamkorlikning yangi sahifasi

03

Oktabr2026
Yoshlar — sog‘lom kelajak tarafdori

25

Sentabr2026
ISFT Samarqand filiali va Busan Women’s University — xalqaro hamkorlik sari yangi qadam

18

Sentabr2026
1