DSC02510
1 / 4

ISFT Samarqand filialining “Malades bolalar” jamoasi Afandi Superligasi–2026 chempioni bo‘ldi

ISFT Samarqand filialining “Malades bolalar” jamoasi Navoiy shahrida bo‘lib o‘tgan nufuzli “Afandi Superligasi – 2026” musobaqasida mutloq chempionlikni qo‘lga kiritdi. O‘zining o‘tkir hazillari, sahnadagi energiyasi va original chiqishlari bilan ajralib turgan jamoa turnirning bosh sovrini — Damas avtomobilini yutib oldi.

Talabalar oylar davom etgan tayyorgarlik, ijodiy yondashuv va kuchli jamoaviy ruh orqali tomoshabinlar hamda hakamlar e’tirofiga sazovor bo‘lishdi. “Malades bolalar” jamoasi o‘z chiqishlari bilan Navoiy sahnasida haqiqiy shou namoyish etib, ISFT Samarqand filialining yoshlar salohiyati va ijodkorligini yana bir bor isbotladi.
Mazkur g‘alaba institut talabalari uchun katta motivatsiya bo‘lib, yoshlarning iqtidorini qo‘llab-quvvatlash va ularni yangi marralar sari ruhlantirish yo‘lidagi muhim yutuqlardan biri sifatida e’tirof etilmoqda.

24

May2026

Do'stlar bilan ulashish:

So'ngi yangiliklar

ISFT talabalari uchun Janubiy Koreyada tahsil olish imkoniyatlari kengaymoqda

29

Oktabr2026
ISFT va Jeonbuk National University: xalqaro hamkorlikning yangi bosqichi

26

Oktabr2026
ISFT Samarqand filiali va IIT Bombay: xalqaro hamkorlikning yangi sahifasi

03

Oktabr2026
Yoshlar — sog‘lom kelajak tarafdori

25

Sentabr2026
ISFT Samarqand filiali va Busan Women’s University — xalqaro hamkorlik sari yangi qadam

18

Sentabr2026
1