photo_2026-05-08_16-59-35
1 / 6

ISFT Samarqand filialida xalqaro startap seminari bo‘lib o‘tdi

2026-yil 8-may kuni ISFT Samarqand filialida “Hackonnect va Techstars ekotizimi orqali talabalar uchun imkoniyatlar” mavzusida xalqaro seminar tashkil etildi. Tadbir institutning Ilmiy va Yoshlar bilan ishlash bo‘limlari hamkorligida o‘tkazilib, talabalarga startap ekotizimi va innovatsion loyihalarni rivojlantirish bo‘yicha muhim bilimlar berildi.

Seminarda Techstars kompaniyasi vakili, xalqaro mutaxassis Madina Zokirova ishtirok etib, talabalarga startap g‘oyalarni amaliy loyihaga aylantirish, xalqaro platformalarda ishtirok etish hamda innovatsion tashabbuslarni rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar berdi.
Muloqot davomida talabalar xalqaro startap ekotizimi imkoniyatlari bilan yaqindan tanishib, o‘z loyihalari bo‘yicha mutaxassisdan fikr va tavsiyalar oldilar. Tadbir yakunida istiqbolli startap loyihalarni rivojlantirish yuzasidan muhim rejalar belgilab olindi.

14

May2026

Do'stlar bilan ulashish:

So'ngi yangiliklar

ISFT talabalari uchun Janubiy Koreyada tahsil olish imkoniyatlari kengaymoqda

29

Oktabr2026
ISFT va Jeonbuk National University: xalqaro hamkorlikning yangi bosqichi

26

Oktabr2026
ISFT Samarqand filiali va IIT Bombay: xalqaro hamkorlikning yangi sahifasi

03

Oktabr2026
Yoshlar — sog‘lom kelajak tarafdori

25

Sentabr2026
ISFT Samarqand filiali va Busan Women’s University — xalqaro hamkorlik sari yangi qadam

18

Sentabr2026
1