DSC00335
1 / 4

“Nomingiz dillarda mangu yashaydi”: ISFT Samarqand filialida avlodlar uchrashuvi

9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan ISFT Samarqand filialida “Nomingiz dillarda mangu yashaydi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbir xalqimiz qahramonlari xotirasini yod etish, talaba-yoshlar qalbida vatanparvarlik, jasorat va milliy qadriyatlarga hurmat tuyg‘ularini mustahkamlashga qaratildi.
Tadbirni ISFT Samarqand filiali direktorining yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari A.B. Ernazarov ochib berdi. U o‘z nutqida ajdodlar jasorati, tinchlikning bebaho qadri hamda faxriylarimizga ko‘rsatilayotgan ehtiromning ahamiyati haqida so‘z yuritdi. Tadbirda Afg‘on urushi qatnashchilari Kamolov Djurakul va Azizov Iskandar Raimovich ishtirok etib, o‘z hayotiy tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar.

Tadbir yakunida faxriylarga institut tashakkurnomalari va esdalik sovg‘alari topshirildi. Ushbu uchrashuv yoshlar uchun vatanparvarlik va tarixiy xotiraning ahamiyatini yorituvchi muhim ma’naviy saboq bo‘ldi.

11

May2026

Do'stlar bilan ulashish:

So'ngi yangiliklar

ISFT talabalari uchun Janubiy Koreyada tahsil olish imkoniyatlari kengaymoqda

29

Oktabr2026
ISFT va Jeonbuk National University: xalqaro hamkorlikning yangi bosqichi

26

Oktabr2026
ISFT Samarqand filiali va IIT Bombay: xalqaro hamkorlikning yangi sahifasi

03

Oktabr2026
Yoshlar — sog‘lom kelajak tarafdori

25

Sentabr2026
ISFT Samarqand filiali va Busan Women’s University — xalqaro hamkorlik sari yangi qadam

18

Sentabr2026
1