DSC00559
1 / 7

MOLIYAVIY STRATEGIYALAR VA KREDIT MEXANIZMLARI: SIUT PROFESSORI ISFT INSTITUTIDA SEMINAR O‘TKAZDI

ISFT instituti va SIUT o‘rtasidagi ilmiy hamkorlik doirasida navbatdagi seminar-trening bo‘lib o‘tdi. Institutning “Xalqaro moliyaviy boshqaruv” kafedrasi tomonidan tashkil etilgan ushbu tadbir zamonaviy iqtisodiyotning dolzarb masalalaridan biriga bag‘ishlandi.

Muloqot “Kredit va uning zarurati: Biznes strategiyasidagi o‘rni va istiqbollari” mavzusida kechdi. Unda moliyaviy instrumentlar (Financial Instruments) tahliliga alohida e’tibor qaratildi. Seminar ma’ruzachisi sifatida Fransuz oliy muhandislik va tadbirkorlik maktabi (FHSEC) dekani, ayni paytda SIUT professori Jimbo Claver ishtirok etdi.
Professor Jimbo Claver o‘z ma’ruzasida kredit mexanizmlarining biznes rivojidagi strategik ahamiyati hamda moliyaviy bozorlardagi investitsiya vositalari haqida fundamental bilimlar bilan o‘rtoqlashdi.
Seminar davomida quyidagi masalalar amaliy misollar asosida yoritildi:
zamonaviy moliyaviy instrumentlarni biznesda qo‘llash ko‘nikmalari;
kredit resurslaridan samarali foydalanish orqali kompaniya qiymatini oshirish;
xalqaro moliya bozorlaridagi so‘nggi tendensiyalar.
ISFT instituti kelgusida ham xalqaro nufuzga ega mutaxassislar ishtirokida shu kabi ilmiy-amaliy seminarlarni davom ettirishni rejalashtirmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring!

30

Aprel2026

Do'stlar bilan ulashish:

So'ngi yangiliklar

ISFT Samarqand filiali va Busan Women’s University — xalqaro hamkorlik sari yangi qadam

18

Sentabr2026
Nazariyadan — real muhitga!

18

Sentabr2026
ISFTda 2025–2026 o‘quv yili yakunlari sarhisob qilindi

04

Iyul2026
ISFT xalqaro hamkorlik geografiyasini kengaytirmoqda

17

Iyun2026
ISFT instituti xalqaro hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqmoqda

06

Iyun2026
1