DSC00633
1 / 3

ISFT Instituti va AQShning Illinoys Texnologiya instituti o‘rtasida strategik hamkorlik o‘rnatildi

ISFT instituti xalqaro hamkorlik aloqalarini yangi bosqichga olib chiqdi. AQShning Chikago shahrida joylashgan nufuzli Illinoys Texnologiya instituti (Illinois Tech) bilan o‘tkazilgan onlayn uchrashuvlar yakunida hamkorlik memorandumi (MoU) rasman imzolandi.

Mazkur hamkorlik doirasida talabalar va o‘qituvchilar uchun bir qator yangi imkoniyatlar yaratiladi:
talabalar Amerika ta’lim tizimi asosida tahsil olish va xalqaro tajriba orttirish imkoniga ega bo‘ladilar;
xalqaro ilmiy loyihalarda ishtirok etish va global akademik muhitga integratsiyalashuv;
istiqbolda bakalavriat va magistratura yo‘nalishlarida “3+1” hamda “1+1” kabi qo‘shma diplom dasturlarini joriy etish rejalashtirilgan.
Ma’lumot uchun, Illinois Institute of Technology AQShning texnologiya, muhandislik va biznes yo‘nalishlarida yetakchi tadqiqot universitetlaridan biri hisoblanadi.
Ushbu kelishuv ISFT instituti uchun AQSh ta’lim tizimi bilan integratsiyalashuv yo‘lida muhim strategik qadam bo‘lib, talabalarning xalqaro miqyosda raqobatbardosh mutaxassis bo‘lib yetishishiga xizmat qiladi.
Institut yangiliklari va tadbirlaridan xabardor bo‘lib borish uchun rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring.

30

Aprel2026

Do'stlar bilan ulashish:

So'ngi yangiliklar

ISFT talabalari uchun Janubiy Koreyada tahsil olish imkoniyatlari kengaymoqda

29

Oktabr2026
ISFT va Jeonbuk National University: xalqaro hamkorlikning yangi bosqichi

26

Oktabr2026
ISFT Samarqand filiali va IIT Bombay: xalqaro hamkorlikning yangi sahifasi

03

Oktabr2026
Yoshlar — sog‘lom kelajak tarafdori

25

Sentabr2026
ISFT Samarqand filiali va Busan Women’s University — xalqaro hamkorlik sari yangi qadam

18

Sentabr2026
1