DSC04959 копия

ISFT OILASIDA BAHOR VA NAFOSAT BAYRAMI

Bahorning eng go‘zal ayyomi — 8-mart munosabati bilan ISFT instituti jamoasida haqiqiy bayram shukuhi hukmron.

Bugun institutimizning fidoyi ayol ustozlari, xodimalari va har bir intiluvchan, latofatli talaba qizlarimiz uchun ehtirom ko‘rsatilib, samimiy tabriklar yo‘llandi. Yigitlar jamoasi tomonidan taqdim etilgan bahoriy guldastalar va shirin sovg‘alar barchaga olam-olam quvonch ulashdi.

Aziz ayollarimiz va suyukli talaba qizlarimiz! Sizlarning nafosatingiz va bilimga bo‘lgan ishtiyoqingiz institutimizning chinakam ziynatidir. Bayramingiz bilan muborakbod etgan holda, barchangizga sihat-salomatlik, bitmas-tuganmas baxt va bahoriy tarovat tilaymiz.

Yuzingizdan tabassum, qalbingizdan ezgulik hech qachon arimasin.

07

Mart2026

Do'stlar bilan ulashish:

So'ngi yangiliklar

ISFT talabalari uchun Janubiy Koreyada tahsil olish imkoniyatlari kengaymoqda

29

Oktabr2026
ISFT va Jeonbuk National University: xalqaro hamkorlikning yangi bosqichi

26

Oktabr2026
ISFT Samarqand filiali va IIT Bombay: xalqaro hamkorlikning yangi sahifasi

03

Oktabr2026
Yoshlar — sog‘lom kelajak tarafdori

25

Sentabr2026
ISFT Samarqand filiali va Busan Women’s University — xalqaro hamkorlik sari yangi qadam

18

Sentabr2026
1