1717759502

Ўзбекистоннинг енг янги тарихи билимдони

Bobolardan qolgan o‘gitga ko‘ra tarixsiz kelajak yo‘q.

 Joriy yilning 20-may sanasida talabalarning qiziqish hamda xohish-istaklarini inobatga olgan holda “O‘zbekistonning eng yangi tarixi bilimdoni” intellektual o‘yini o‘tkazildi.

Ushbu intellektual bahsda xorijiy til va adabiyoti yo‘nalishi 1-bosqich talabalari faol ishtirok etishdi. Bahslarda 23-XTA-01, 02, 03, 04 guruh talabalaridan tarkib topgan 4 ta jamoa o‘zaro bellashishdi.

 Intellektual bellashuvning umumiy natijalariga ko‘ra birinchi o‘rin sohiblari 23-XTA-02 guruhi, ikkinchi o‘rin 23-XTA-03 guruhi hamda mos ravishda uchinchi o‘rinni 23-XTA-01 va 23-XTA-04 guruh talabalari qo‘lga kiritishdi.

Bellashuvda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan jamoa hamda barcha ishtirokchilar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.

Intellektual bellashuv 2 turdan iborat tarzda tashkil etilib, g‘olib hamda sovrindor jamoalar aniqlandi. 

“Oʻzbekistonning eng yangi tarixi bilimdoni” intellektual bellashuvini Ijtimoiy fanlar kafedrasi o‘qituvchilari D.Rahimboyeva hamda I.Karimovlar yuqori saviyada tashkil etib, o‘tkazishdi. Ushbu kafedraning o‘qituvchilari N.Elmuratova va N.Sayfutdinova bellashuv hakamlari sifatida ishtirok etib, qatnashchilarni munosib hamda haqqoniy baholab berishdi.

18

Sentabr2024

Do'stlar bilan ulashish:

So'ngi yangiliklar

ISFT talabalari uchun Janubiy Koreyada tahsil olish imkoniyatlari kengaymoqda

29

Oktabr2026
ISFT va Jeonbuk National University: xalqaro hamkorlikning yangi bosqichi

26

Oktabr2026
ISFT Samarqand filiali va IIT Bombay: xalqaro hamkorlikning yangi sahifasi

03

Oktabr2026
Yoshlar — sog‘lom kelajak tarafdori

25

Sentabr2026
ISFT Samarqand filiali va Busan Women’s University — xalqaro hamkorlik sari yangi qadam

18

Sentabr2026
1