photo_2024-11-30_15-03-00

28-noyabr kuni ISFT institutini Ilmiy-uslubiy kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi!

Kengash o‘z ishini rektor maslahatchisi, siyosiy fanlar doktori, professor Narzulla Jo‘rayevning “Tanlangan asarlar” kitobi taqdimoti bilan boshladi. Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor T.Azizov ushbu kitobning ahamiyati haqida so‘zlab, 800 betli ushbu salmoqli asar kutubxonamizning kitoblar fondini to‘ldirishga xizmat qilishini alohida ta’kidladi. 

Kengashda o‘quv jarayoniga tegishli yuqori tashkilotlar, rektor buyrug‘i va ko‘rsatmalari ijrosi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining nashr ruxsatnomasi olish uchun ISFT institutidan taqdim qilingan o‘quv adabiyotlari, fan olimpiadalari, davlat mukofotlari va turli tanlovlarda qatnashuvchi iqtidorli  talabalar bilan ishlash holati, magistrlik dissertatsiyasi mavzularini va rahbarlarini tasdiqlash, iqtidorli talabalarni nufuzli tanlovlarga tavsiya qilish holati, oliy ta’limdan keyingi ta’lim shaklining tayanch doktorantura va mustaqil izlanuvchilik uchun qabul jarayonlari kabi masalalar muhokama qilindi. 

Kafedralarda professor-o‘qituvchilar tomonidan tayyorlangan 17 ta o‘quv adabiyot muhokama qilindi va tegishli tavsiyalar berildi.

28

Noyabr2024

Do'stlar bilan ulashish:

So'ngi yangiliklar

ISFT talabalari uchun Janubiy Koreyada tahsil olish imkoniyatlari kengaymoqda

29

Oktabr2026
ISFT va Jeonbuk National University: xalqaro hamkorlikning yangi bosqichi

26

Oktabr2026
ISFT Samarqand filiali va IIT Bombay: xalqaro hamkorlikning yangi sahifasi

03

Oktabr2026
Yoshlar — sog‘lom kelajak tarafdori

25

Sentabr2026
ISFT Samarqand filiali va Busan Women’s University — xalqaro hamkorlik sari yangi qadam

18

Sentabr2026
1