DSC05257

ISFTda magistratura talabalari o‘qishni boshladi!

Institutimizda birinchi magistrantlar bilan tantanali uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni rektor maslahatchisi, professor Narzullo Jo‘rayev ochib berdi. Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Tuxtamish Azizov, Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi rahbari Gulnoz Bahodirova hamda magistratura bo‘limi boshlig‘i Farida Xamidova magistrantlarni samimiy qutlab, kelgusi ilmiy faoliyatlarida muvaffaqiyat tilashdi.

Institutimizda quyidagi to‘rt yo‘nalishda magistratura ta’limi yo‘lga qo‘yilgan: xorijiy til va adabiyot, pedagogika, davlat moliyaviy nazorati va auditi, buxgalteriya hisobi. Uchrashuv davomida kafedra mudirlari taqdimotlar o‘tkazib, har bir yo‘nalish bo‘yicha to‘liq ma'lumot berishdi.

Tadbir yakunida magistrantlar barcha savollariga javob oldilar va institut rahbariyati tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.

10

Oktabr2024

Do'stlar bilan ulashish:

So'ngi yangiliklar

ISFT talabalari uchun Janubiy Koreyada tahsil olish imkoniyatlari kengaymoqda

29

Oktabr2026
ISFT va Jeonbuk National University: xalqaro hamkorlikning yangi bosqichi

26

Oktabr2026
ISFT Samarqand filiali va IIT Bombay: xalqaro hamkorlikning yangi sahifasi

03

Oktabr2026
Yoshlar — sog‘lom kelajak tarafdori

25

Sentabr2026
ISFT Samarqand filiali va Busan Women’s University — xalqaro hamkorlik sari yangi qadam

18

Sentabr2026
1