
ISFT va Jeonbuk National University: xalqaro hamkorlikning yangi bosqichi
ISFT Instituti xalqaro akademik hamkorlik aloqalarini kengaytirish yo‘lida muhim qadam tashladi. Institut delegatsiyasining Janubiy Koreyaga xizmat safari doirasida nufuzli Jeonbuk National University rahbariyati bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
Muzokaralar yakunida ISFT Instituti va Jeonbuk National University o‘rtasida hamkorlik memorandumlari imzolandi. Kelishuvlar talabalar almashinuvi, qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish hamda professor-o‘qituvchilar va akademik xodimlarning malakasini oshirish kabi muhim yo‘nalishlarni qamrab oladi.
ISFT talabalari uchun yangi xalqaro imkoniyatlar
Hamkorlik doirasida ISFT talabalari Jeonbuk National University’da bir semestr yoki bir o‘quv yili davomida tahsil olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Kelishuvlarga muvofiq, quyidagi imkoniyatlar ko‘zda tutilgan:
20 nafardan ortiq talaba uchun stipendiya imkoniyatlari;
bir semestr yoki bir o‘quv yili davomida Janubiy Koreyada tahsil olish;
universitetga ilk bor tashrif buyuradigan talabalar uchun 400 000 Janubiy Koreya voni miqdorida bir martalik stipendiya;
xalqaro akademik tajriba almashish va Koreya ta’lim tizimi bilan yaqindan tanishish.
Mazkur hamkorlik ISFT Samarqand filiali talabalari uchun xalqaro ta’lim muhitida bilim va tajriba orttirish, akademik salohiyatini rivojlantirish hamda yangi istiqbollar sari intilish imkoniyatlarini kengaytiradi.
ISFT va Jeonbuk National University o‘rtasidagi hamkorlik ikki oliy ta’lim muassasasi aloqalarini mustahkamlash bilan birga, talabalar va professor-o‘qituvchilar uchun yangi xalqaro akademik imkoniyatlar yaratishga xizmat qiladi.
ISFT Samarqand filiali — xalqaro ta’lim, akademik mobillik va yangi imkoniyatlar sari!