photo_2026-09-26_15-39-27 (2)
1 / 4

ISFT Samarqand filiali va IIT Bombay: xalqaro hamkorlikning yangi sahifasi

ISFT Instituti xalqaro akademik hamkorlik va ta’lim aloqalarini kengaytirish yo‘lida yangi loyihalarni amalga oshirmoqda. Xalqaro hamkorlik bo‘limi tashabbusi bilan Hindistonning yetakchi texnik oliy ta’lim muassasalaridan biri — Indian Institute of Technology Bombay (IIT Bombay) bilan hamkorlik istiqbollariga bag‘ishlangan uchrashuvlar tashkil etildi.

Dastlabki muzokaralar Toshkent kampusida, keyingi uchrashuv esa ISFT Samarqand kampusida davom etdi. Uchrashuvlar davomida ikki tomonning akademik salohiyati, xalqaro tajribasi va talabalar uchun yangi ta’lim imkoniyatlarini yaratish masalalari muhokama qilindi.
Muzokaralar davomida quyidagi yo‘nalishlarda hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi:
talabalar almashinuvi va akademik mobillik;
Summer School va Winter School dasturlari;
qisqa muddatli xalqaro ta’lim dasturlari;
Double Degree dasturlarini rivojlantirish imkoniyatlari;
professor-o‘qituvchilar uchun akademik va professional rivojlanish dasturlari;
ilmiy-tadqiqot va akademik hamkorlik;
xalqaro konferensiya, seminar va ilmiy tadbirlarni tashkil etish.
Uchrashuvlarda Professor Dani va IIT Bombay vakili Dr. Kumar, ISFT Instituti tomonidan esa Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i A. Alisherov hamda Samarqand kampusi direktorining moliya va iqtisodiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Z. Madraimov ishtirok etdi.
Tomonlar kelishilgan yo‘nalishlarni amaliy loyihalarga aylantirish hamda kelgusidagi hamkorlik shartnomalarini rasmiylashtirish bo‘yicha keyingi qadamlarni belgilab oldilar.
Mazkur uchrashuv ISFT Samarqand filiali professor-o‘qituvchilari va talabalari uchun xalqaro akademik hamkorlikni kengaytirish, yangi ta’lim dasturlarida ishtirok etish va xalqaro tajriba almashish imkoniyatlarini rivojlantirish yo‘lidagi muhim qadamlardan biridir.
ISFT Samarqand filiali — xalqaro hamkorlik va zamonaviy ta’lim imkoniyatlari sari.

03

Oktabr2026

Do'stlar bilan ulashish:

So'ngi tadbirlar

Ilmiy-amaliy seminar: Kredit va uning biznes strategiyasidagi o‘rni | ISFT Samarqand DFEB

23

Aprel2026
iNVENTX 2026 xalqaro innovatsiya va ixtirolar ko‘rgazmasi | ISFT va Multimedia University hamkorligi

22

Aprel2026
ISFT instituti jamoasi Kattaqo‘rg‘on shahrida: ilmiy salohiyat va kelajak istiqbollari yo‘lida dadil

10

Fevral2026
Yangi o‘quv adabiyoti — sifatli ta’lim va yuksak ilmiy salohiyat timsoli!

10

Fevral2026
“LEADER 2050” – Barqaror rivojlanish va global inqirozlar sharoitida kelajak yetakchilari uchun xalqaro ilmiy konferensiya

05

Fevral2026
1