
ISFT xalqaro hamkorlik geografiyasini kengaytirmoqda
ISFT instituti xalqaro ta’lim va ilmiy tadqiqotlar sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish yo‘lida yangi qadam tashladi. ISFT hamda Sambhram University o‘rtasida xalqaro hamkorlik memorandumi (MoU) imzolandi.
Mazkur kelishuv ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida akademik, ilmiy va innovatsion yo‘nalishlarda uzoq muddatli hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qiladi.
Memorandum doirasida tomonlar quyidagi yo‘nalishlarda hamkorlik qiladi:
Talabalar almashinuv dasturlarini yo‘lga qo‘yish;
Professor-o‘qituvchilar va akademik xodimlar almashinuvini rivojlantirish;
Qo‘shma ilmiy tadqiqotlar va ilmiy nashrlarni amalga oshirish;
Xalqaro konferensiyalar, seminarlar, treninglar va yozgi maktablarni tashkil etish;
Ingliz tilidagi qo‘shma hamda ikki diplomli ta’lim dasturlarini ishlab chiqish;
Akademik tajriba va innovatsion yondashuvlar almashinuvini kengaytirish.
Ushbu hamkorlik ISFT talabalari va professor-o‘qituvchilari uchun yangi xalqaro imkoniyatlarni yaratish, ilmiy salohiyatni oshirish hamda global ta’lim makonidagi integratsiyani mustahkamlashga xizmat qiladi.