photo_2026-05-08_16-59-35
1 / 6

ISFT Samarqand filialida xalqaro startap seminari bo‘lib o‘tdi

2026-yil 8-may kuni ISFT Samarqand filialida “Hackonnect va Techstars ekotizimi orqali talabalar uchun imkoniyatlar” mavzusida xalqaro seminar tashkil etildi. Tadbir institutning Ilmiy va Yoshlar bilan ishlash bo‘limlari hamkorligida o‘tkazilib, talabalarga startap ekotizimi va innovatsion loyihalarni rivojlantirish bo‘yicha muhim bilimlar berildi.

Seminarda Techstars kompaniyasi vakili, xalqaro mutaxassis Madina Zokirova ishtirok etib, talabalarga startap g‘oyalarni amaliy loyihaga aylantirish, xalqaro platformalarda ishtirok etish hamda innovatsion tashabbuslarni rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar berdi.
Muloqot davomida talabalar xalqaro startap ekotizimi imkoniyatlari bilan yaqindan tanishib, o‘z loyihalari bo‘yicha mutaxassisdan fikr va tavsiyalar oldilar. Tadbir yakunida istiqbolli startap loyihalarni rivojlantirish yuzasidan muhim rejalar belgilab olindi.

14

May2026

Do'stlar bilan ulashish:

So'ngi tadbirlar

Ilmiy-amaliy seminar: Kredit va uning biznes strategiyasidagi o‘rni | ISFT Samarqand DFEB

23

Aprel2026
iNVENTX 2026 xalqaro innovatsiya va ixtirolar ko‘rgazmasi | ISFT va Multimedia University hamkorligi

22

Aprel2026
ISFT instituti jamoasi Kattaqo‘rg‘on shahrida: ilmiy salohiyat va kelajak istiqbollari yo‘lida dadil

10

Fevral2026
Yangi o‘quv adabiyoti — sifatli ta’lim va yuksak ilmiy salohiyat timsoli!

10

Fevral2026
“LEADER 2050” – Barqaror rivojlanish va global inqirozlar sharoitida kelajak yetakchilari uchun xalqaro ilmiy konferensiya

05

Fevral2026
1