Moliya sohasida boshqaruv
Bakalavriat
O'quv dasturi davomiyligi
4 yil
Bir o'quv yili uchun to'lov miqdori
Daraja
Bakalavriat
Hoziroq biz bilan bog'laning
O'zingiz istagan savollarga 5 daqiqa ichida javob oling va o'z o'rningizni band qiling
ISFT instituti talabasi bo'ling
va ushbu yo'nalishda BEPUL o'qish imkoniyatiga ega bo'ling!
Yo'nalish tavsifi
Bu tashkilotlar va xususiy shaxslarning moliyaviy resurslarini tahlil qilish va boshqarishga bag‘ishlangan yo‘nalishdir. U korporativ moliya, investitsiya, moliyaviy tahlil, risklarni boshqarish va moliyaviy rejalashtirish kabi sohalarni qamrab oladi. Asosiy maqsad kompaniyaning daromadliligini oshirish va barqaror rivojlanishi uchun kapitalni samarali boshqarish ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat. Ushbu yo‘nalishda o‘qitish tahliliy fikrlashni, moliyaviy risklarni baholash va biznesning moliyaviy barqarorligi va o‘sishiga yordam beradigan strategik qarorlar qabul qilish qobiliyatini rivojlantiradi.
MASHG'ULOTLAR TURI:
Ma’ruzalar, kichik guruhli mashg’ulotlar, jamoaviy loyihalar, ta’limiy seminarlar, keys vorkshoplar, amaliy mashg’ulotlar.
O’QISH DASTURI:
Sentyabr – Iyul (an’anaviy yozgi qabul).
O’QISH VAQTI:
Dushanba – Shanba, taxminan 9:00 – 20:00 (daras jadvali akademik yil boshida aniq e'lon qilinadi).
Kunduzgi ta`lim uchun talablar:
Milliy guruh (O'zb), дарслар ўзбек тилда олиб борилади.
Qabul tanlov asosida amalga oshiriladi, yuqori ball toʻplagan abituriyentlar talabalikka tavsiya etiladi.
Diqqat!!! Kirish imtihonlarini muvaffaqiyatli topshirgandan so'ng, abituriyent maxsus komissiya suhbatidan o'tishi hamda mantiqiy test sinovidan o'tishi lozim. Barcha bosqichlardan muvaffaqiyatli o'tgan abituriyent kunduzgi ta'limga grant asosida o‘qishi mumkin bo'ladi.
FAQ
Biz kimmiz? ISFT nima?
ISFT Samarqand filiali O‘zbekistondagi eng ilg‘or, innovatsion va istiqbolli oliy ta’lim muassasalaridan biri hisoblangan ISFT Institutining tarkibiy qismi bo‘lib, uzoq yillik tarixga ega. Ushbu dargoh 2016 yilda International School of Finance, Technology and Science (ISFT) nomi ostida biznes maktab sifatida faoliyatini boshlagan. Biznes maktabda darslar asosan ingliz tilida olib borilgan bo‘lib, Buyuk Britaniyaning ACCA dasturi asosida xalqaro buxgalteriya yo‘nalishida ta’lim berilgan.
2019 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 5847-sonli «O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi farmoniga asosan davlat va nodavlat oliy ta’lim muassasalari faoliyatini tashkil etish, oliy ta’lim bilan qamrov darajasini 50 foizdan oshirish hamda sohada sog‘lom raqobat muhitini yaratish belgilandi.
Shundan kelib chiqib, 2021 yilda ISFT Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan 0035-sonli litsenziyaga ega bo‘ldi va ISFT Instituti brendi ostida o‘z faoliyatini davom ettirib kelmoqda.
ISFT Samarqand filialida 2 ta ta’lim shakli — kunduzgi va sirtqi ta’lim mavjud. 2021 yilda bakalavriat bosqichi uchun 1 ta fakultetda 3 ta yo‘nalish mavjud bo‘lgan bo‘lsa, 2024 yilga kelib bakalavriat uchun 3 ta fakultetda 15 ta yo‘nalishda tahsil olish imkoniyati yaratildi hamda magistratura bosqichi uchun 4 ta yo‘nalish ochildi.
ISFT Samarqand filiali davlat ta'lim muassasasimi?
Yo'q. ISFT Instituti nodavlat / xususiy oliy ta'lim muassasasidir. Bizning muassasamiz O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi muassasa tomonidan berilgan va davlatning barcha tegishli talablariga javob beruvchi litsenziya va sertifikatlar asosida ish faoliyatini olib boradi.
ISFT Samarqand filiali HEMIS platformasida ro‘yxatdan o‘tganmi?
Ha, ISFT Samarqand filiali HEMIS (Higher Education Management Information System) platformasida rasmiy ravishda ro‘yxatdan o‘tgan. Talabalar va abituriyentlar institut haqidagi ma’lumotlarni hamda uning tizimdagi holatini rasmiy HEMIS platformasi (hemis.uz) orqali tekshirishlari mumkin.
ISFT Samarqand filiali kontrakt summasi
ISFT Samarqand filialida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar uchun yillik kontrakt to‘lovi quyidagicha belgilangan:
Kunduzgi ta’lim (ISFT Samarqand filiali) — 50 BHM, barcha ta’lim yo‘nalishlari uchun bir xil.
Joriy yil uchun: 17 000 000 so‘m
Bugungi kunda 1 BHM — 340 000 so‘mni tashkil etadi.
Sirtqi ta’lim (ISFT Samarqand filiali) — 33 BHM, barcha yo‘nalishlar uchun bir xil.
Joriy yil uchun: 11 220 000 so‘m
ISFT Samarqand filiali talabalarga stipendiya ajratmaydi, biroq yillik 100 foizlik grantlar ajratishi mumkin.
Agar bir oiladan 2 yoki undan ortiq talaba ISFT Samarqand filialida tahsil olsa, har bir talaba uchun kontrakt to‘loviga 20 foizlik chegirma beriladi.
O‘qish narxi har yili yangi o‘quv yili boshlanishidan oldin o‘zgarishi mumkin.
Grant o'rinlari ham mavjudmi?
Hozirgi vaqtda taxminan 300 ta umumiy hamda + 50 ta maxsus (Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlami vakillari uchun) grant o'rinlari ajratilishi rejalashtirilgan.
ISFT Samarqand filiali o‘qishni ko‘chirish tartibi
ISFT Samarqand filiali o‘qishni ko‘chirish imkoniyatini taqdim etadi. Talabalar faqat 2 va 3-kursdan qabul qilinadi. O‘qishni ko‘chirish O‘zbekiston va xorijdan ham amalga oshirilishi mumkin. 1-kursni tamomlaganlik, yakuniy imtihonlardan o‘tganlik va tegishli buyruq talab etiladi.
ACCA nima?
ACCA - Buyuk Britaniyada 1904 yilda tashkil topgan, malakali buxgalterlar uyushmasi hisoblanadi. Bugungi kunda ACCA - bu 181 mamlakatda 227000 a'zolar va 544000 talabalarni birlashtirgan va professional doiralarda kuchli obro'ga ega bo'lgan yuqori malakali buxgalterlarning eng yirik xalqaro tashkilotidir.
ACCA ning dunyo miqyosida tan olinishi.
ACCA malakasi dunyodagi eng tan olinganlardan biridir. U moliya direktorlari, bosh buxgalterlar, ichki va tashqi auditorlar, xalqaro miqyosdagi moliyaviy tahlilchilarni tayyorlashga qaratilgan. ACCA malaka oshirish dasturi quyidagi fanlarni o'z ichiga oladi: buxgalteriya hisobi, boshqaruv hisobi, moliyaviy menejment, biznes strategiyasi va boshqaruvi, audit va soliqqa tortish.