
ISFTda 2025–2026 o‘quv yili yakunlari sarhisob qilindi
2026-yil 1-iyul kuni ISFT instituti Samarqand filialida 2025–2026 o‘quv yili yakunlariga bag‘ishlangan hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda institutning barcha bo‘limlari tomonidan o‘quv yili davomida amalga oshirilgan ishlar, erishilgan natijalar, innovatsion loyihalar va muhim tashabbuslar yuzasidan hisobotlar taqdim etildi.
Yig‘ilish davomida ta’lim sifati, ilmiy faoliyat, xalqaro hamkorlik, boshqaruv samaradorligi hamda talabalar uchun yaratilayotgan imkoniyatlarni yanada rivojlantirish masalalari atroflicha muhokama qilindi. Shuningdek, mavjud muammolar tahlil qilinib, ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.
Hisobot yig‘ilishi yakunida 2026–2027 o‘quv yili uchun ustuvor vazifalar belgilandi hamda ISFT Samarqand filialining strategik rivojlanish yo‘nalishlari muhokama qilindi.
Erishilgan natijalar — yangi marralar uchun mustahkam poydevor. ISFT jamoasi kelgusi o‘quv yilida yanada yuqori natijalarga erishish yo‘lida izchil faoliyatini davom ettiradi.
Boshqa konferensiyalar

Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya – Tarmoqlararo integratsiya va barqaror iqtisodiy o‘sish








