
ISFT va Technical University of Varna: Yevropa sari yangi akademik ko‘prik
ISFT instituti Samarqand filiali va Technical University of Varna o‘rtasida rasmiy hamkorlik to‘g‘risidagi kelishuv imzolandi. Mazkur hamkorlik ta’lim, ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va akademik almashinuv yo‘nalishlarida uzoq muddatli hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qiladi.
Talabalar uchun yangi imkoniyatlar:
Akademik almashinuv dasturlari orqali Yevropa ta’lim muhitida tahsil olish;
Xalqaro grant va stipendiya dasturlarida ishtirok etish;
Qo‘shma ta’lim dasturlari, jumladan 1+1 va 3+1 formatidagi loyihalarda qatnashish;
Xalqaro tajriba va zamonaviy bilimlarni egallash.
Professor-o‘qituvchilar va tadqiqotchilar uchun:
Malaka oshirish va akademik tajriba almashish;
Qo‘shma ilmiy tadqiqotlar hamda innovatsion loyihalarni amalga oshirish;
Xalqaro konferensiyalar, seminarlar va ilmiy forumlarda ishtirok etish;
Yevropa ilmiy hamjamiyati bilan hamkorlikni kengaytirish.
Ushbu kelishuv ISFT institutining xalqaro hamkorlik geografiyasini yanada kengaytirib, uning global ta’lim va ilm-fan maydonidagi mavqeini mustahkamlashga xizmat qiladi. Hamkorlik talabalar va akademik xodimlar uchun yangi xalqaro imkoniyatlar, zamonaviy bilimlar va global tajriba sari muhim qadam hisoblanadi.
Boshqa konferensiyalar

Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya – Tarmoqlararo integratsiya va barqaror iqtisodiy o‘sish








